Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishini baholadi
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar odatdagidek davom etmoqda, biroq shunday payt keladiki, yo «harakat qilish, yo indamay o‘tirish» kerak bo‘ladi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar yaxshi ketayotgan bo‘lishi mumkin, ammo «shunday payt keladiki, unda siz yo jim bo‘lishingiz yoki harakat qilishingiz kerak». Tramp bu bayonotni 12 aprel, shanba kuni, Rossiyadan noroziligini bildirgan va uni kelishuvga erishish uchun «ishlash»ga chaqirganidan bir kun o‘tib bergan.
«O‘ylashimcha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat yaxshi ketayotgan bo‘lsa kerak va buni tez orada bilib olasiz. Shunday nuqta keladiki, siz yo biror narsa qilasiz yoki indamay, nima bo‘lishini kutasiz, lekin menimcha, hammasi yaxshi ketmoqda», — dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga.
11 aprel kuni Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar AQSh va Rossiya o‘rtasida ehtimoliy tinchlik bitimi uchun zarur bo‘lgan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muloqot boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, jangovar harakatlarni to‘liq tugatish shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan bir paytda o‘tmoqda.
Tramp sabri tugab borayotganiga ishora qildi va agar Moskva kelishuvni sudrayotganini sezsa, Rossiya neftini sotib oluvchi davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qo‘llash imkoniyati haqida gapirdi.
Avvalroq Uitkoff Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan Vashingtonda o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng Trampga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishishning eng tezkor yo‘li 2022 yilda anneksiya qilingan Ukrainaning to‘rtta hududi ustidan nazoratni Rossiyaga berish ekanligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
-
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:48
Mavzuga oid

14:20
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:52
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi

11:23
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor

01:32