Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning OTP Group konserni delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi va guruh tarkibiga kiruvchi kompaniya bilan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Vengriya delegatsiyasiga esa OTP Group kompaniyasi bosh direktori Gergey Pokosh boshchilik qildi.
Suhbatda O‘zbekiston-Vengriya hamkorligining dolzarb masalalari, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mamlakatda xorijiy biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, bunga keyingi yillarda ishonchga asoslangan oliy darajadagi munosabatlar yordam berayotgani alohida ta’kidlandi. Vengriya biznesi O‘zbekistonga katta ishonch bildirmoqda – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil oktyabr oyida Vengriyaga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha 1,3 milliard dollarlik bitim va shartnomalar imzolandi.
O‘zaro tovar ayirboshlashning asosiy pozitsiyalari to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika, mexanik va elektr jihozlari va boshqa tovarlardan iborat. 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Vengriya kapitali ishtirokidagi 12 ta korxona, jumladan, 7 ta qo‘shma va 5 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda.
Investitsiya loyihalari portfeliga Vengriyaning OTP Group tarkibiga kiruvchi OTP banki tomonidan Ipoteka-bankni xususiylashtirish, Meditop Pharmaceuticals bilan yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalar kiradi. Kompaniyaning Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralari konstruktiv tarzda muhokama qilindi.
Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar tafsilotlarini muhokama qilib, tomonlar hujjat almashish marosimiga o‘tdilar. Xususan, Investitsiya bitimi, Sirdaryo viloyatida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi, O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan ta’sis va nizom shartnomalari imzolandi.
ZA-Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klaster hududida 130 gektar maydonda 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, so‘yish va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va ma’muriy binolar quriladi. Loyihaning quvvati yiliga 16 million dona broyler tovuqlari va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Loyiha OTP Green Fund tomonidan moliyalashtiriladi va OTP Group tarkibiga kiruvchi ZA-Invest Poultry kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025