YeIga nomzodlarga Rossiyadagi paradga bormaslik kerakligi aytildi
Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatlarga 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan paradga bormaslik kerakligi aytildi, dedi Latviya tashqi ishlar vaziri. Ma’lumotni Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmati rahbari tasdiqladi.

Foto: NATALIA KOLESNIKOVA/AFP
Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatlarga 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan harbiy paradga bormaslik kerakligi aytildi. Bu haqda 14 aprel, dushanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi uchrashuvi boshlanishidan oldin Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Brajye ma’lum qildi.
«Kecha biz qizg‘in oqshomni o‘tkazdik — G‘arbiy Bolqondagi hamkorlar bilan kechki ovqat... Qadriyatlar, umumiy tashqi va xavfsizlik siyosatini muvofiqlashtirish, jumladan, sanksiyalar haqida ko‘p muhokamalar bo‘ldi. Jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning nomzodlarga 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnashmaslik, bunday safarga bormaslik to‘g‘risida juda aniq ko‘rsatmasi berildi, chunki bu YeI qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydi», dedi Brajye.
DW muxbiri xabar berishicha, buni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ham matbuot anjumanida tasdiqladi. «Biz nomzodlarga 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga bormasliklarini tushuntirdik», — dedi Kallas.
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy, o‘z navbatida, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘zi va Kaya Kallas bilan kelishib, vazirlarni 9 may kuni Lvivdagi uchrashuvga taklif qilayotganini ma’lum qildi. "Menimcha, Yevropa yaqinda, Ukrainada ekanini ko‘rsatish uchun juda yaxshi g‘oya. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida Moskvada bo‘lish kerak emas. A’zo davlat yoki nomzod davlatning har qanday vakilining Moskvaga borishi bu davlat uchun yaxshi bo‘lmaydi", dedi u.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
-
UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi
Iqtisodiyot | 11:21
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

11:23
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor

08:57
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

07:48
Rossiyada yirik artilleriya ombori portladi

01:32