Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi
Sobiq prezident amaldagi davlat rahbari nomini tilga olmadi, biroq, uning siyosatini qisqa vaqt ichida «zararli va halokatli» bo‘lganini ta’kidladi.

Foto: Getty images
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta nutq so‘zladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
U Chikagoda nogironlar huquqlariga bag‘ishlangan anjumanda qatnashib, hukumatni Ijtimoiy ta’minot tizimiga «halokatli zarba» berganlikda aybladi. Avvalroq, milliarder Ilon Mask bu tizimni «tarixdagi eng katta moliyaviy piramida» deb atagan edi.
«100 kundan kamroq vaqt ichida bu yangi ma’muriyat shunchalik ko‘p zarar va buzg‘unchilik qildiki, bu juda hayratlanarli», dedi Bayden.
Sobiq prezident o‘z nutqida amaldagi davlat rahbari nomini biror marta tilga olmadi. U ijtimoiy ta’minotni «muqaddas burch» deb atadi va insonlar hayoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika xalqi hech qachon bunchalik parokanda bo‘lmagan va faqat 30 foizi hozirgi vaziyatdan mamnun. Ammo bu 30 foizda «qalb yo‘q».
Ijtimoiy ta’minot agentligi pensiya, qarilik va nogironlik nafaqalarini to‘laydi. U taxminan 67 million amerikalikni qo‘llab-quvvatlaydi va yiliga taxminan 1,6 trillion dollar sarflaydi.
Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) fevral oyida agentlik xodimlarini qisqartirishni boshladi. 7 mingga yaqin odamni ishdan bo‘shatish rejalashtirilgan.
15 aprel kuni Donald Tramp noqonuniy migrantlar va «boshqa nomaqbul» shaxslarga ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini olishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Biroq, u soxta to‘lovlar va noqonuniy migrantlarga to‘lovlarni bartaraf etish niyatida bo‘lsa-da, nafaqalarni butunlay qisqartirmoqchi emasligini aytdi.
Baydenning Chikagodagi nutqi oldidan Trampning matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga prezident «qonunga bo‘ysunuvchi amerikalik soliq to‘lovchilar va nafaqaxo‘rlar» uchun imtiyozlar saqlanib qolishiga «mutlaqo amin» ekanini aytdi.
«U har doim ushbu dasturni himoya qiladi», deb qo‘shimcha qildi u.
Hozir Trampning odamlari tomonidan boshqariladigan Ijtimoiy ta’minot agentligi Baydenni yolg‘onchilikda aybladi. Agentlik xabarida aytilishicha, Tramp keksa fuqarolarning daromadlarini oshirish uchun imtiyozlarga soliq solishni bekor qilmoqchi. 2015-2022 yillardagi tekshiruvda 72 milliard dollarga yaqin noto‘g‘ri to‘lovlar aniqlangan va o‘tgan hisobot yilida 2 milliondan ortiq noqonuniy migrantga ijtimoiy sug‘urta raqamlari berilgan (bu raqamlar ish uchun ruxsat olgan har bir migrantga berilishi kerak).
Agentlik, shuningdek, texnologik jamoaning yarmi ishdan bo‘shatilganini rad etdi va telefon xizmatlarini yangilash uchun 16,5 million dollar sarmoya kiritilganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
-
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
Jahon | 22:39 / 18.05.2025
-
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 22:32 / 18.05.2025
Mavzuga oid

19:00 / 18.05.2025
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

16:30 / 18.05.2025
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qonli hammom“ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025