O‘zbekiston | 11:40 / 16.04.2025
1321
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

O‘zbekiston bosh konsulxonasi ko‘magida Buxoro viloyati hokimligi va ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasining Xitoyga tashrifi tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Safar davomida Xitoyning Shenchjen shahridagi Atrof-muhit texnologiyalarini almashish va transfer qilish markazida O‘zbekiston - Xitoy investitsiya, savdo va turizm biznes forumi o‘tkazildi. Unda Xitoyning 60 ga yaqin kompaniyalari rahbarlari va vakillari qatnashdi.

Shuningdek, Zunshan, Shenchjen va Guanchjou shaharlaridagi yirik kompaniyalar faoliyati o‘rganildi va ularning rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda oqava suvlarni qayta ishlash, "aqlli" shahar infratuzilmasi, "yashil" energetika, elektrotexnika jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Buxoro viloyatida mehmonxona qurish, "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratish, choy qadoqlash, yoritish jihozlari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi istiqbolli loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid