2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika sohasidagi vazifalar ijrosi va yangi loyihalar yuzasidan axborot berildi.

Qayd qilinishicha, 2035 yilda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois, 2030 yilga borib, jami generatsiyada «yashil» energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, bunda eng salohiyatli yo‘nalishlar suv va atom quvvatlaridan foydalanishdir.
Xususan, 2025-2026 yillarda umumiy quvvati 167 megavatt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES barpo etish belgilangan. Ushbu loyihalar natijasida 500 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 151 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Qurilish davrida 1 200 nafar, loyihalar ishga tushganidan keyin 520 nafar fuqaro ishli bo‘ladi.
Taqdimotda energetika vaziri joriy yilda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilganidek, bu yil quvvati 65 megavatt bo‘lgan 1 ming 185 ta mikro GES barpo etiladi. Ularning aksariyati tadbirkorlar tomonidan ishga tushiriladi.
Kelgusida atom energiyasi ham bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bo‘lajak stansiyaning har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, jahonning eng ilg‘or tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
«O‘zatom» agentligi rahbari shu boradagi muzokaralar va kelishuvlar, loyihaning borishi yuzasidan axborot berdi.
Rejadagi inshootlarni o‘z vaqtida ishga tushirib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘shimcha energiya bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

21:25 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

18:33 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi

17:23 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi

16:09 / 03.07.2025