Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
AQSh prezidenti Ukraina Qrimni «ancha yillar oldin» qo‘ldan chiqargani va endi bu «hatto muhokama mavzusi ham hisoblanmasligini» ta’kidladi.

Foto: AFP
AQSh tinchlik rejasi doirasida Ukrainadan Qrim ustidan Rossiya suverenitetini tan olishni talab qilmayapti. Bu haqda prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga yozib qoldirdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Volodimir Zelenskiyning Ukraina huquqiy jihatdan hech qachon Qrimni Rossiyaniki deya tan olmasligi haqidagi bayonoti «Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga jiddiy zarar yetkazmoqda». Uning ta’kidlashicha, Ukraina yarimorolni «ancha yillar oldin», AQShda Barak Obama prezident bo‘lgan vaqtda qo‘ldan chiqargan va endi bu «hatto muhokama mavzusi ham hisoblanmaydi».
«Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni so‘rayotgani yo‘q, lekin agar u Qrimni xohlayotgan bo‘lsa, nega ular yarimorol uchun 11 yil oldin, birorta o‘q otilmasdan Rossiyaga topshirilganida kurashmadi?» — deb yozadi Tramp.
Tramp, shuningdek, tomonlar «bitimga juda yaqin» ekanini ma’lum qildi va «qo‘lida kuziri yo‘q odamdan» ushbu kelishuvni ma’qullashni talab qildi.
23 aprel kuni Londonda AQSh, Ukraina, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari darajasida muzokaralar o‘tkazilishi kerak edi. Unda davlat kotibi Marko Rubio Kiyev va Yevropadagi ittifoqchilarga Trampning tinchlik rejasini taqdim etishi kutilayotgandi. Ammo Rubio Zelenskiy «Ukraina Qrim okkupatsiyasini yuridik jihatdan tan olmasligini» aytganidan keyin muzokarada ishtirok etishdan bosh tortdi.
Axios nashrining Amerikadagi manbalarga tayanib xabar berishicha, uchrashuvdan bir kun oldin Ukrainadan Kiyev delegatsiyasi Londonda Oq uyning urushni yakunlash rejasini emas, balki 30 kunlik sulhni muhokama qilmoqchiligi haqida signallar kelgan. Shuningdek, Axios birinchi marta Tramp rejasining barcha bandlarini e’lon qildi. Bu rejada AQSh Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishidan tashqari, 2022 yil fevralidan buyon Ukrainaning Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining egallab olingan hududlar ustidan Rossiya nazoratini norasmiy tan olishi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

22:28 / 20.05.2025
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?

20:43 / 20.05.2025
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

20:09 / 20.05.2025