Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Bundan tashqari, mamlakatning Radio va televideniye bosh boshqarmasi va «Al-Vatan» gazetasi ham sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi.
Buyuk Britaniya Suriyaning bir qator razvedka xizmatlari, OAV va vazirliklarini, jumladan, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi bayonotida so‘z boradi.
Shuningdek, Xavfsizlik bosh boshqarmasi, Havo razvedka kuchlari, Siyosiy xavfsizlik boshqarmasi, Milliy xavfsizlik byurosi, Harbiy razvedka boshqarmasi va Armaiya ta’minoti byurosi ham ro‘yxatdan chiqarilgan.
Bundan tashqari, Radio va televideniye bosh boshqarmasi, «Al-Vatan» gazetasi, Cham Press TV va Sama TV telekanallariga nisbatan cheklovlar olib tashlangan.
Mart oyida Britaniya hukumati Suriyaning 24 ta tashkiloti, jumladan, mamlakat Markaziy banki va neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarini bekor qilgandi. Mamlakat hukumati Suriyada hokimiyat almashgani sabab sanksiyalar rejimini yumshatishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatni undan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib tashlanishi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026