Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi
RFning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi kema Osiyo davlatlaridan birining bayrog‘i ostida noqonuniy reyd amalga oshirgan.
Foto: Ukraina Xavfsizlik xizmati
Ukraina hukumati Qora dengizda Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi chet el yuk tashish kemasini hibsga oldi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xabar berdi.
Qayd etilishicha, kema va ekipajni ushlash ishlari UXX va Chegara xizmatining maxsus operatsiyasi doirasida, Qora dengiz akvatoriyasining ichki suvlarida o‘tkazilgan. Kema aynan qachon hibsga olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2024 yil oxirlarida kema Sevastopol portidan Ukraina janubidagi bosib olingan hududlardan o‘g‘irlangan 5 ming tonna bug‘doyni olib chiqqan. Ta’kidlanishicha, kema Osiyo davlatlaridan birining bayrog‘i ostida noqonuniy reyd amalga oshirgan.
«Kemada o‘tkazilgan tintuv davomida rashistlar tomonidan Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘g‘irlash faktlarini isbotlovchi hujjatlar, naviatsiya qurilmalari va boshqa daliliy ashyolar topildi», — deyiladi idora press-relizida.
«Soyadagi flot» deganda odatda kuzatuv tizimlari tomonidan qayd etilmasligi uchun signal uzatuvchi mayoqlarini o‘chirib qo‘yadigan eski tankerlar tushuniladi. Bu tankerlar asosan Rossiya davlat kompaniyasi «Sovkomflot» tomonidan boshqariladi. Sanksiyalar joriy etilgach, RF o‘z neftlarini 2022 yil oxirida belgilangan narxdan qimmatroq sotish uchun «soyadagi flot»dan foydalanishni boshladi. The Guardian hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibida hozirda 600 ga yaqin kema bor bo‘lib, ular Rossiya neft eksportining 70 foizini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
15:20 / 09.01.2026