Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vens: Ukrainadagi mojaroning davom etishi Kiyevga g‘alaba keltirmaydi
Harbiy harakatlar davom etishi Kiyevga Rossiya bilan mojaroda ustunlikni qo‘lga kiritishga yordam bermaydi, deb hisoblaydi AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens.
«Agar bu to‘xtamasa, ukrainaliklar urushda g‘alaba qozona olmaydi. O‘ylaymanki, asosiy ommaviy axborot vositalarida shunday g‘alati fikr borki, agar bu yana bir necha yil davom etsa, Rossiya qulab tushadi, ukrainaliklar o‘z hududlarini qaytarib oladilar va hammasi urushdan oldingi holatga qaytadi. Bu biz yashayotgan haqiqat emas», — dedi Vens Charli Kirk onlayn-shousiga intervyuda.
Uning fikricha, agar shunday davom etsa, bu «yadro urushiga olib kelishi mumkin».
«Buni to‘xtatish kerak. Ushbu ma’muriyat siyosati shundan iboratki, bu to‘xtashi lozim», — dedi AQSh vitse-prezidenti.
Uning qayd etishicha, u ikki hafta oldingiga qaraganda Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati haqida optimistikroq kayfiyatda.
«Eng katta yutuq shundaki, biz ularni jangni to‘xtatish uchun nima qilish kerakligi haqida gapirishga majbur qildik», dedi Vens.
«Prezident o‘zining barcha odamlarini, shu jumladan meni ham ushbu yakuniy maqsad (tinchlik kelishuvi)ga erishish uchun astoydil mehnat qilishga majbur qilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026