Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi
Mashinada bo‘lgan yana bir kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Buxoroda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH kecha, 30 aprel kuni soat 10:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining Romitan tumani hududidan o‘tgan 256-kilometrida Aeolus mashinasi yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Aeolus haydovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan I.M. voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan, 1971 yilda tug‘ilgan Sh.P. (ayol) esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi tan jarohatlari olib, Romitan tumani tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.
Avvalroq Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra yuk mashinasiga urilishi oqibatida 2 o‘smir vafot etgandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026