Isroil olov ichida
30 aprel kuni Isroilda kuchli o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Bir nechta tuman aholisi evakuatsiya qilingan. Yong‘inlar sabab poytaxt Tel-Avivni Quddus bilan bog‘lovchi Isroildagi eng asosiy avtomagistral yo‘l yopib qo‘yilgan. Quddusga aviareyslar bekor qilingan, Quddus va Modiyin o‘rtasidagi poyezd qatnovi to‘xtatilgan.

Yong‘in Quddus tog‘lari yaqinidagi Eshtaol o‘rmonida boshlangan. Qutqaruv xizmatlari «Yong‘in zarbasi» rejimida ishlamoqda. Bu rejim vaziyat nazoratdan chiqib ketishi ehtimoli oshgan vaqtda kuchga kiradi. Bu Isroil tarixidagi eng katta o‘rmon yong‘inlari bo‘layotgani aytilmoqda.
Olovni o‘chirish uchun 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi brigada, shuningdek, samolyot va vertolyotlar jalb qilingan. O‘t o‘chirishga harbiylar va politsiya ham jalb qilingan. Isroil ofatni mustaqil bartaraf etishda qiynalgani uchun Gretsiya, Bolgariya, Xorvatiya, Italiya va Kiprdan yordam so‘ragan. Gretsiya, Italiya va Xorvatiyadan yordam kuchlari yetib kelgan. Falastin milliy muxtoriyati ham o‘z yordamini taklif qilgan. Yong‘in sabab Isroil mustaqillik kuni munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlar bekor qilingan.
Kuchli shamol yong‘in avval g‘arbga, keyin sharqqa tarqalishiga sabab bo‘lgan. Havo issiqligi o‘t o‘chiruvchilar ishini qiyinlashtirgan.
Isroil tomoni yong‘in atay uyushtirilgani haqida versiyani yozmoqda. Isroil nashrlariga ko‘ra avvalroq HAMASga aloqador Telegram-kanallarda Quddus va G‘arbiy sohilda yong‘in uyushtirishga chaqiriqlar yangragan. Yong‘in tashkillashtirishda gumonlanib uch kishi qo‘lga olingan.
1 mayga kelib Isroilni sohilbo‘yi hududlar bilan bog‘laydigan shosse ochilgani xabar qilinmoqda. U yerda yong‘indan qo‘rqqan odamlar mashinasini tashlab qochgach, harakat cheklangandi.
Yong‘in 2 ming gektar maydonga tarqalgani aytilmoqda. Mamlakatdagi eng katta milliy bog‘lardan hisoblangan «Kanada parki» butkul yonib ketgan. Hozircha isroillik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni jilovlay olgani yo‘q.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

07:41