Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Rubio Turkiyadagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi
Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan AQSh prezidenti Donald Tramp, Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya-Ukraina muzokaralarida davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etishini aytdi.
«Ushbu hafta oxirida, ehtimol, payshanba kuni Turkiyada muzokaralar bo‘ladi va u yerda yaxshi natijalar bo‘lishi mumkin. Marko u yerga boradi», — deya Trampning Ar-Riyoddagi so‘zlarini keltirdi AFP.
Avvalroq OAV manbalarga tayanib, Trampning ikki vakili Kit Kellog va Stiv Uitkoff ishtirok etishi haqida xabar bergan edi. Tramp Turkiyaga shaxsan kelishini istisno etmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 may kuni Istanbulda muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi, biroq ular bo‘lib o‘tadimi yoki qanday shaklda bo‘lishi hozircha noma’lum.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Istanbulda Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini, ammo Rossiyaning quyi mansabdor shaxslari bilan uchrashmasligini aytdi. Rossiya tomoni Istanbulga delegatsiya yuborishini bildirdi, lekin Putinning shaxsiy ishtiroki haqida hech narsa aytmadi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026