Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
2025 yil may oyida faqatgina sug‘urta kompaniyalariga xalqaro reytinglar berish va baholashga ixtisoslashgan "A.M. Best Company Inc." (AQSh) xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" eksport-import sug‘urta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati auditi natijalari bo‘yicha matbuot axborotini e’lon qildi.
Bunda, "A.M. Best" agentligi "O‘zbekinvest"ning moliyaviy barqarorlik reytingini (FCR) "B" darajasida va emitentning uzoq muddatli kredit reytingini (ICR) "bb" darajasida tasdiqladi va ikkala reyting bo‘yicha ham prognozni "Barqaror" deb belgiladi.
"A.M. Best" ta’kidlashicha, kuchli kapitallashtirish va kapital yetarliligi koeffitsiyentini maksimal baholashga asoslangan balansning yuqori barqarorligi, aktivlarni "AAA" kredit reytingiga ega xalqaro bozorlarda joylashtirishni nazarda tutilgan konservativ investitsiya siyosati, shuningdek, risklar tahlilini takomillashtirishi bilan birgalikda, anderrayting natijalarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Shunday qilib, 2023 yil yakuniga ko‘ra, birlashtirilgan koeffitsiyent 85 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar yalpi mukofotdagi ulushi 60 foizga yetgan kiruvchi qayta sug‘urtaning rivojlanishi bilan birgalikda "O‘zbekinvest" kompaniyasining O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni egallashini ta’minladi.
"A.M. Best Company" tomonidan xalqaro reyting darajasining tasdiqlanishi kompaniyaning yuqori darajadagi kreditga layoqatliligidan dalolat beradi va uning xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarida faoliyatini faol ravishda oshirish uchun sharoit yaratadi.
Ta’kidlash joizki, "O‘zbekinvest" kompaniyasi bugungi kunda "A.M. Best Company Inc" xalqaro reyting agentligining ushbu darajadagi reytingiga ega bo‘lgan respublika moliya sohasidagi birinchi va yagona tashkiloti hisoblanadi.
Shu bilan birga, "O‘zbekinvest" kompaniyasi xalqaro reyting agentliklarining kuchli uchligiga kiruvchi "Moody’s Investors Service" (AQSh) xalqaro reyting agentligining "Barqaror" prognozi bilan "Ba2" darajasiga ega. Ushbu darajadagi reyting O‘zbekiston bank va sug‘urta sohasi tashkilotlari orasida eng yuqorisidir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026
«O‘zbekinvest» eksportni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investitsiyalar uchun Skandinaviya hamda Shimoliy Yevropa mamlakatlarida sug‘urta bozorlarining yangi yo‘nalishlarini ochmoqda
10:00 / 14.04.2026