Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
Estoniya tashqi ishlar vaziri Tsaxknaga ko‘ra, Rossiya qiruvchi samolyoti mamlakat havo hududiga kirib kelgan. U buni butun NATO uchun jiddiy tahdid va chaqiriq deb atadi.
NATO davlati Estoniya Rossiya harbiy samolyotini o‘z havo hududini buzganlikda aybladi. «Bu jiddiy tahdid va Rossiya nafaqat Ukrainaga, balki butun Shimoliy Atlantika alyansiga qanday tahdid solayotganiga yana bir misol», — deb yozdi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna 15 may, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Rossiya qiruvchi samolyoti Rossiyaning «soyadagi floti»ga tegishli neft tankerini himoya qilish uchun NATO havo hududini buzdi», deb tushuntirdi vazir va ushbu flot yordamida Rossiya G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, neft eksportini davom ettirishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
13 may kuni Estoniya harbiy xizmatchilari aviatsiya va kemalar ko‘magida Finlyandiya ko‘rfazida Gabon bayrog‘i ostida suzib ketayotgan Jaguar kemasini neytral suvlarda qo‘lga olishga urindi. Rossiya Telegram-kanallari xabariga ko‘ra, kema Leningrad viloyatidagi Primorsk portiga yo‘l olgan. Estoniya harbiylari tankerni neytral suvlarni tark etishga va Estoniya hududiy suvlariga borishga majburlashga urinib ko‘rdi, u yerda ular uni ushlab turish huquqiga ega bo‘ladilar.
«RaZved_DoZor» telekanalining xabar berishicha, operatsiyada Estoniyaning ikkita patrul kemasi, desant vertolyoti va samolyoti ishtirok etgan. Kanal mualliflari, shuningdek, Gabon bayrog‘i ostidagi kemani Polsha harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyoti to‘xtatishga uringanini, biroq Estoniya harbiylarining barcha sa’y-harakatlariga qaramay, tanker Primorsk tomon harakatlanishda davom etganini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026