Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
Bunga Belarus noqonuniy migratsiyani tashkil etgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Litva idoralari mazkur ayblovlarni tasdiqlovchi dalillarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Getty images
Litva hukumati BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritib, Belarusni noqonuniy migratsiyani tashkil etgani uchun javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Bu haqda Litva TIV press-relizida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, 2021 yildan boshlab Litva Belarusdan kirib kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimining «misli ko‘rilmagan darajada oshishi»ga duch kelmoqda. Litva idoralari Belarus hukumatining migratsiya oqimlarini tashkil etishdagi ishtirokini tasdiqlovchi dalillarni to‘plagan.
Bayonotga ko‘ra, Belarus hukumati buning uchun Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardan aviaqatnovlar sonini ko‘paytirgan, viza berishni va kelgan migrantlarni joylashtirishni tashkil qilgan hamda ularning ko‘pchiligini Litva chegarasiga olib borgan. Natijada bu migrantlar chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tishga majbur bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Belarus chegara xizmatlari Litva hukumati bilan noqonuniy migratsiyani to‘xtatish bo‘yicha hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Litva buni Belarus hukumatining mamlakatdagi demokratiyani qo‘llab-quvvatlagan Yevropa Ittifoqiga siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida migratsiyadan foydalanishga urinish deb baholamoqda.
Litvaning suddagi talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Belarus tomonidan yetkazilgan zararni, jumladan, chegara bo‘ylab devor qurish xarajatlarini to‘liq qoplash va bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi kafolatlarini ta’minlash.
2024 yilda Litva Aleksandr Lukashenko rejimi tomonidan amalga oshirilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha tergov boshlashni so‘rab, Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilgandi.
Chegaradagi migratsiya inqirozi 2021 yilning bahorida, Belarusga kelgan Yaqin Sharq va Afrika davlatlari fuqarolari Litva hamda Polshaga o‘tishga uringanida boshlangan edi. Aleksandr Lukashenko o‘shanda Minsk migrantlarning Yevropaga o‘tishiga xalaqit bermasligini aytgandi, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Belarusga qarshi «gibrid urushni boshlagan».
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
Mavzuga oid

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

20:09 / 09.07.2025
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

18:42 / 07.07.2025