Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Yevropa Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida xabardor qildi
Fridrix Mersning aytishicha, Yevropa yetakchilari Donald Trampga Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatlari haqida aytgan. AQSh prezidentining o‘zi Vladimir Putin bilan suhbatdan so‘ng Rossiya bilan savdo imkoniyatlari haqida gapirdi.
Yevropa yetakchilari Donald Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida xabardor qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers 19 may, dushanba kuni kechqurun Vladimir Putin bilan telefon suhbati yakunlari bo‘yicha AQSh prezidenti bilan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi.
«Yevropa va Amerika bu borada juda hamjihat: biz Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Yevropa sanksiyalar bilan Moskvaga bosimni oshiradi», deb yozdi Mers X ijtimoiy tarmog‘ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa davlatlari yetakchilari bu haqda Trampga Putin bilan suhbatidan so‘ng telefon orqali muloqot chog‘ida aytgan.
Trampning o‘zi ham Putin bilan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatishga olib keladigan muzokaralarni boshlashini aytdi. Respublikachi Rim papasi Lev XIV boshchiligidagi Vatikan vositachilikdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Mers, Volodimir Zelenskiy, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb suhbat yakunlanganidan so‘ng darhol xabardor qilingan.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026