Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi
Xiva shahridagi Dishan qal’a (tashqi qal’a) devori tiklanadi, uning ichiga daraxtlar ekiladi, deya xabar berdi Ekovazirlik. Maqsad – bu joyni Ichan qal’aga o‘xshash sayyohlik obektiga aylantirish. Buning uchun 50 dan ortiq obektlarni boshqa joyga ko‘chirish belgilangan.
Xivadagi Dishan qal’a Ichan qal’aga o‘xshash turistik obektga aylantiriladi. Uning vayron bo‘lgan devori tiklanib, yashil hudud va dam olish maskani sifatida xalqqa qaytariladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon buyrug‘i bilan barpo qilingan Dishan qal’a (tashqi qal’a) bugungi kunda juda xarob ahvolga kelib qolgan. Uzunligi 6200 metr bo‘lgan devorning 2000 metr qismi butunlay vayron bo‘lgan, 2500 metr qismi esa yaroqsiz holga kelgan. Bundan tashqari, devor atrofida uzoq yillar mobaynida bir qancha noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgan. Oqibatda Dishan qal’a devori atrofida yurish uchun umuman maydon qolmagan, deyiladi vazirlik xabarida.



Dishan qal’ani saqlab qolish maqsadida Xiva shahrining «Shixlar» mahallasidagi 55 ta turar va noturar obektlarni boshqa hududlarga ko‘chirish belgilangan. Ularning o‘rnida esa «yashil maydonlar» va «yashil bog‘lar» barpo qilish, daraxt ekish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, qal’a devori milliy andozalar asosida qayta tiklanib, eski holatiga qaytariladi va atrofida 1,5-2 metr hududda yo‘laklar ochiladi. Shuningdek, ushbu hududga tutash bo‘lgan «Shixlar» va «Angarik» mahallalarida zamonaviy sayyohlik majmuasi ham barpo etiladi.



Ma’lumot uchun, Ichan qal’a — O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblanadi. Majmuada sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan 58 madaniy meros obekti va arxeologik yodgorliklar, 30 ga yaqin ekspozitsiya, 56 670 tarixiy eksponat va ashyolar, 174 ta hunarmandchilik do‘koni mavjud.

2024 yilda Ichan qal’aga 1 mln nafarga yaqin xorijiy va 3,5 mln nafarga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. 2025 yil yakuniga qadar esa 2 mln nafar xorijiy va deyarli 5 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
President Mirziyoyev expected to visit Serbia in early 2026
POLITICS | 17:06
-
Tashkent City Mall Embrass 2025 xalqaro mukofotida "Yil kashfiyoti" deb topildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Tartibsiz uy – charchagan ong: ortiqcha buyumlar kayfiyatimizga qanday ta’sir qiladi?
Sog‘lom hayot | 16:51
-
Xitoylik ishbilarmonlar Toshkentda: agrosektor eksportini oshirish muhokama qilindi
O‘zbekiston | 16:45
Mavzuga oid
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
17:21 / 18.10.2025
Xivada «Gilamlar jilosi» xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
15:35 / 10.10.2025
Xivada ilk bor xalqaro gilam ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
08:05 / 12.08.2025