Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Cessna 550 qalin tuman sabab San-Diyegodagi turar joy dahasiga qulab tushdi. Hodisa joyidagi 15 ga yaqin uyda yong‘in chiqdi.
Kaliforniyaning San-Diyego shahrida Cessna 550 yengil motorli samolyoti turar joy dahasiga qulab tushib, keng ko‘lamli yong‘inni yuzaga keltirdi.
Hodisa joyidan e’lon qilingan kadrlarda yonib ketgan avtomobillar va vayron bo‘lgan uylarni ko‘rish mumkin. Ma’lum qilinishicha, jami 15 taga yaqin binoda yong‘in yuz bergan.
Aviahalokat qalin tuman sabab yuzaga kelgan. Hodisa joyiga aviatsiya yoqilg‘isi to‘kilgan.
Cessna 550 samolyoti Nyu-York yaqinidagi Teterboro aeroportida havoga ko‘tarilib, Kanzasda to‘xtashni amalga oshirgan va San-Diyeogda halokatga uchragan.
ABC News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan barcha halok bo‘lgan. Hodisa oqibatida yerda bo‘lgan odamlardan hech kimga jarohat yetmagan. Aynan necha kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar oshkor etilmagan.
BBC’ning yozishicha, samolyotda uchuvchi bilan birga 8-10 kishi bo‘lgan. Havo kemasi qulagan joydan 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026