Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
Hujum qilgan shaxs qotillik, noqonuniy qurol saqlash va jamoat tartibini buzishda aybdor deb topildi.
Foto: Videodan kadr
Eronda 2023 yil yanvarida Ozarboyjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirib, elchixona xavfsizlik xizmati rahbarini o‘ldirgan va yana ikki kishini jarohatlaganlikda aybdor deb topilgan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Mahkumning ismi oshkor etilmadi. OAV xabariga ko‘ra, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng ijro etilgan, ammo qanday usulda ekaniga aniqlik kiritilmagan. Odatda, Eronda o‘lim jazosi osish orqali amalga oshiriladi. Hujum qilgan shaxs qotillik, noqonuniy qurol saqlash va jamoat tinchligini buzishda aybdor deb topildi.
Eron hukumati hujumga shaxsiy fojia sabab bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Biroq Boku voqeani terrorchilik harakati sifatida tan oldi.
Hujumdan keyin Ozarboyjon diplomatik missiyasi yopildi va xodimlar Eron hududini tark etdi. 2023 yil aprelida Boku to‘rt nafar eronlik diplomatni chiqarib yubordi va Tehron ham bunga shu tarzda javob qaytardi. Ozarboyjon elchixonasi faqat 2024 yil iyul oyida ochildi, ammo boshqa manzilda.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar hodisadan oldin ham keskin edi. Boku bir necha bor Eronni Ozarboyjondagi vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan radikal unsurlarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan. Tehron ayblovlarni rad etadi. Mojaro sabablaridan biri Ozarboyjonning Isroil bilan yaqin aloqalari bo‘lib qolmoqda, bu esa Eronda xavotir uyg‘otmoqda.
Mavzuga oid
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
18:03 / 11.12.2025