Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina AQShdan Patriot raketalarini sotib olmoqchi
Kiyev Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun o‘q-dorilarni Bayden ma’muriyati kabi bepul jo‘natmasdan, sotishga tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.
Foto: AFP/Getty Images
Tramp ma’muriyati Patriot raketalarini Ukrainaga berish imkoniyati haqida katta bayonotlar qilishni istamadi, chunki bu Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu haqda Yevropa rasmiysiga tayanib, The Washington Post nashri xabar berdi.
Nashr manbasiga ko‘ra, Oq uy bunday ta’minot Rossiya rahbariyatini «g‘azablantirishi» va Ukrainadagi tinchlik jarayoniga «xavf solishi» mumkinligidan jiddiy qo‘rqadi.
Gazetaning yozishicha, Kiyev Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun o‘q-dorilarni Bayden ma’muriyati kabi bepul jo‘natmasdan, sotishga tayyor bo‘ladi, deb hisoblaydi.
The Washington Post ta’kidlaganidek, Rossiya ballistik raketalari tezligi, halokatli kuchi va ularni tutib olishning iloji yo‘qligi tufayli «Rossiya arsenalidagi eng samarali qurollardan biriga» aylandi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning birorta ballistik raketasini tutib ololmagan. Ukraina razvedkasining yuqori martabali vakilining nashrga aytishicha, hatto PAC-3 (Patriot Advanced Capability-3) Amerika Patriot havo mudofaa tizimining so‘nggi raketalari ham «Oreshnik» ballistik raketasini tutib olishga qodir emas. Shuningdek, u Rossiyaning «Iskander» tizimi yuqori samaradorligini qayd etdi.
Ukraina Patriot o‘q-dorilari va ballistik raketalarni to‘xtatuvchi qurilmalarga juda muhtoj, chunki Bayden bergan zaxiralar kamayib bormoqda va Tramp ma’muriyati ko‘proq jo‘natishni istamayapti, dedi razvedka xodimi.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukraina Tramp ma’muriyatidan yangi Patriot raketalarini uchiruvchi qurilmalar va ular uchun o‘q-dorilar so‘raganini ma’lum qilgandi. Rubio so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning o‘zida hozir bunday tizimlar yo‘q.
Shuning uchun Vashington yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuborish o‘rniga, NATO ittifoqdoshlarini o‘z zaxiralaridan Patriot tizimlarini berishga undamoqda. Shu bilan birga, Rubio ta’kidlaganidek, «bu mamlakatlarning hech biri Patriot tizimlaridan voz kechishni xohlamaydi».
Mavzuga oid
11:34
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
21:16 / 27.04.2026
Ukraina YeI a’zosi bo‘lish uchun o‘z hududlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi – Mers
17:40 / 27.04.2026