Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
Prognozlarga ko‘ra, zilzila 2055 yilga qadar sodir bo‘ladi va uning magnitudasi 6,7 ballga yetishi yoki undan oshishi mumkin.
AQSh Geologiya xizmati (USGS) seysmologlari Kaliforniya hududida kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli keskin oshganidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Kaliforniya sohillarida o‘tgan bir kechaning o‘zida bir necha daqiqa farq bilan yettita yerosti silkinishi yuz bergan. Qurbonlar va talafotlar kuzatilmagan, ammo mutaxassislar buni xavotirli signal sifatida baholamoqda.
USGS vakili Sara Minsonning so‘zlariga ko‘ra, San-Fransiskoda 2055 yilgacha Big One deb atalayotgan kuchli zilzilaning sodir bo‘lish ehtimoli 72 foizga yetgan. Keyingi 30 yil ichida Shimoliy Kaliforniyada 6,7 magnitudali yoki undan kuchli zilzilaning yuz berish ehtimoli yuqori. Ayrim ekspertlar bu yanada ertaroq — 2032 yilgacha sodir bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Mutaxassislar orasida alohida xavotir uyg‘otayotgan narsa — bu deyarli 1300 kilometrga cho‘zilgan San-Andreas yorig‘i bo‘lib, u butun San-Fransisko ko‘rfazi mintaqasidan o‘tadi.
Olimlarning hisoblashicha, aynan shu yerda navbatdagi halokatli zilzila yuz berishi mumkin. San-Fransiskoda oxirgi yirik zilzila 1989 yilda kuzatilgan va 63 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan edi, shuningdek, o‘shanda 4 mingga yaqin odam jarohat olgan.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
09:33 / 09.01.2026