Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
AQSh prezidenti Ukrainadagi qon to‘kilishini tugatishga ta’sir qilish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan «ko‘plab turli vositalarga ega», dedi Temmi Bryus.
Moskva AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaning so‘nggi paytlarda Ukrainaga bergan va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan ommaviy zarbalarini qoralovchi bayonotlarini jiddiy qabul qilishi kerak. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus 27 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan siyosatida o‘zgarishlar bo‘lishini kutish kerakmi, degan savolga u shunday dedi: «Men buni (Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qilganini) umidsizlik deb atamagan bo‘lardim. Bular turli mintaqalarda tinchlikka erishish yo‘lida harakat qilgan odamning so‘zlari. U o‘z nuqtayi nazarini ochiq ifoda etdi. Rossiya nima qilayotganiga amerikaliklar jiddiy munosabatda bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman».
Shu bilan birga, Bryusning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti qon to‘kilishini tugatishga ta’sir qilish uchun «ko‘p turli xil vositalarga ega».
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
17:09 / 25.06.2026