“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida
May oyi boshida bir necha kun import qilingan gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat talab qilingan edi. Senatning aralashuvidan keyin bu amaliyot to‘xtatilgan. Yuqori palataning bugungi majlisida Ekologiya vazirligi va Bojxona qo‘mitasi shu masalada savolga tutildi.

Foto: Senat matbuot xizmati
O‘zbekiston bojxonachilari may oyi boshida import gibrid avtomobillardan kamida Yevro-4 ekologik toifasiga mosligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab qila boshlagan edi. 3 may kuni Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga senator so‘rovi yuborilganini ma’lum qilgandi.
Senatning bugun, 28 may kungi yalpi majlisida shu masala muhokama qilindi.
So‘rov muallifi, Senatning ekologiyaga mas’ul qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyevning aytishicha, Ekologiya vazirligining javobida ayrim ma’lumotlar tushib qolgan, ayrimlari ochiqlanmagan. Shu sababli senatorlar jamoatchilik savollariga aniq javob berolmagan.
To‘ychiyev majlisda ishtirok etayotgan Ekologiya vazirligi va Bojxona qo‘mitasi mas’ullaridan ayrim jihatlarga aniqlik kiritib berishni so‘radi.
«Hozirgi kunda mamlakatimizga olib kirilayotgan M va N toifadagi elektr dvigateli bilan jihozlangan gibrid avtomobillarni bojxona organlarida rasmiylashtirish qanday? Sertifikat talab qilinyaptimi yoki qilinmayaptimi?» – deya savol berdi senator.

Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratovga ko‘ra, amaldagi nizomga muofiq, faqatgina gaz, benzin va dizel yoqilg‘isida harakatlanuvchi dvigatelga ega, M va N toifadagi avtomobillar ekologik sertifikatlanadi.
«Bugungi kunda elektrodvigatelli transport vositalarini ekologik sertifikatlash talab etilmasligi belgilab qo‘yilgan. Gibrid avtomobillar uchun istisno holatlar belgilanmagan. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishildi», – dedi Qudratov.
Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab qilinmayapti.
Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlardan to‘lov undirilgani qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini so‘radi.
«Sertifikatlash bugungi kunda umuman talab etilmayapti. Bu masalada ko‘tarilgan vaqtda aniqlik kiritib, tegishli ko‘rsatmalar berdik. Bojxona qo‘mitasi bilan kelishib olindi. To‘lov undirilmasligi kerak», – deya javob berdi ekologiya vaziri o‘rinbosari Obidjon Qudratov.
Ko‘tarilgan masalaga Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Nosirov ham izoh berib, bugungi kunda gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat talab etilmayotganini u ham tasdiqladi. Shu asnoda quyidagicha qisqa dialog kuzatildi:
G‘.Nosirov: Tanzila Kamalovna, bugungi kunda gibrid avtomobillarga bojxona organlari tomonidan ekologiya sertifikati umuman talab qilinmayapti.
T.Norboyeva: Talab qilinmayapti?
G‘.Nosirov: Talab qilinmayapti.
T.Norboyeva: Lekin senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan-da.
G‘.Nosirov: U pul Ekologiya qo‘mitasiga ketadi, bizga kelmaydi, Tanzila Kamalovna. Lekin bunga aniqlik kiritib olamiz.
Bunga javoban Senat raisi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasini eslatdi. Bu moddaga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi kerak.
“Bojxona bilan Ekologiya yaxshilab qonunning mana shu normasi ichiga kirib, odamlardan kelayotgan noroziliklarni shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishinglar kerak”, dedi Norboyeva.
Avvalroq Autodeklarant kanali ekologik sertifikat uchun talab qilinayotgan to‘lov miqdori 2 mln so‘mdan oshiq ekanini yozgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi
Jahon | 12:26
-
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 12:18
-
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:56
-
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 11:50
Mavzuga oid

20:17 / 02.07.2025
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi

17:49 / 30.06.2025
Mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh qo‘lga olindi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

16:05 / 25.06.2025