Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Tramp Putin va Zelenskiy bilan sammitga tayyor
AQSh prezidenti Putin va Zelenskiy bilan Turkiyada uchrashishga ochiq, dedi Oq uy matbuot kotibi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyadagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor. Bu haqda 2 iyun, dushanba kuni Vashingtonda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
Tramp «agar gap bu narsa (sammit) haqida ketsa, bunga ochiq, biroq (birinchi navbatda) u bu ikki yetakchi va har ikki tomonning muzokaralar stoliga o‘tirishini istaydi», — deb ta’kidladi Livitt.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Putin, Zelenskiy va Trampga iyun oyi oxirida Istanbul yoki Anqarada uchrashishini taklif qilgan edi, deb xabar berdi AFP.
Turkiya vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng so‘zlagan Erdo‘g‘an bunday uchrashuv uning «eng katta orzusi» bo‘lishini aytdi. «Hatto Trampni taklif qilmoqchiman», — deya Turkiya rahbarining so‘zlarini keltiradi Anadolu.
Turkiya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, agar yetakchilar Turkiyada yig‘ilsa, u «ular bilan ham shu formatda uchrashadi», «Istanbulni dunyoning markaziga aylantira olamiz».
Mavzuga oid
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
23:05 / 25.06.2026