O‘zbekistonning IUCN bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

Foto: Ekologiya va iqlim vazirligi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bosh direktori Gretel Agilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston 2021 yilda IUCN’ga a’zo bo‘lganidan buyon hamkorlik barqaror va konstruktiv tarzda rivojlanib borayotgani qayd etilib, Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan IUCN ofisining aynan O‘zbekistonda ochilishiga alohida e’tibor qaratildi. Bosh vazir Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ofisi uchun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tanlanishi ofis vakillarining ilmiy jamoatchilik bilan yaqindan aloqa o‘rnatishi hamda talabalar, yosh olim va tadqiqotchilarni ittifoq faoliyatiga jalb etishda ayni muddao bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, IUCN ofisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, O‘zbekistonning noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi kadastrini yuritishda xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, mamlakatimizdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning «Xalqaro Yashil» sertifikatini olish jarayonida samarali vositaga aylanishiga ishonch bildirildi.
O‘z navbatida, Gretel Agilar IUCN’ning Markaziy Osiyodagi ofisini ochishdagi qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston tomonga samimiy minnatdorchilik bildirib, bu har tomonlama manfaatli va ustuvor qaror ekanini ta’kidladi.
«O‘zbekiston IUCN’ga a’zo bo‘lganidan buyon mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilmaxillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida salmoqli yutuqlarga erishdi – bu alohida e’tirofga loyiq. Biz mintaqadagi faoliyatimizni faollashtirish uchun O‘zbekistonni asosiy darvoza sifatida ko‘rmoqdamiz», – dedi IUCN bosh direktori.
U, shuningdek, mamlakatimizning faol tashqi siyosati va prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar fonida O‘zbekiston IUCN’ning muhim hamkoriga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Agilarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ofis ham mamlakat ichida, ham kengroq mintaqaviy kontekstda loyihalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassislarni amaliy tayyorlash, yosh mutaxassislar va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari xodimlarining ilmiy almashinuvi va amaliyotini o‘tashga alohida e’tibor qaratiladi.
Uchrashuvda tomonlar o‘simlik va hayvonot dunyosi kadastri, tabiatga yo‘naltirilgan yechimlar va bioxilmaxillikni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalar yaratish, Green University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muhim xalqaro tadbirlarda ishtirok etishga kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

15:40 / 24.06.2025
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

15:45 / 18.06.2025
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochildi

10:00 / 10.06.2025