Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi
«Urush itlari» va «Shoqol kuni» besseller kitoblari muallifi Frederik Forsayt qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 86 yoshida vafot etdi.

Foto: Murdo MacLeod/The Guardian
Britaniyalik yozuvchi va ssenariynavis Frederik Forsayt qisqa muddatli xastalikdan so‘ng 86 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda The Guardian va boshqa Britaniya va xalqaro OAV 9 iyun, dushanba kuni Forsaytning adabiy agenti Jonatan Lloydga tayanib.
Frederik Forsayt 1938 yilda Angliya janubi-sharqidagi Kent grafligi Ashford shahrida tug‘ilgan. Britaniya qirollik havo kuchlarida uchuvchi bo‘lib xizmat qilganidan so‘ng, Parijdagi Reuters axborot agentligining muxbiri bo‘lib ishlagan, jumladan, 1961 yilda Fransiya prezidenti general Sharl de Gollga suiqasd paytida ham. Forsaytning o‘sha davrdagi tajribasi keyinchalik uning 1971 yilda nashr etilgan «Shoqol kuni» romaniga asos bo‘lgan.
1960-yillarning o‘rtalarida Frederik Forsayt BBC mediakompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi va harbiy muxbir sifatida Nigeriyadagi qurolli mojarolarni yoritib bordi.
Forsaytning eng mashhur asarlari orasida «Urush itlari», «ODESSA dosesi», «To‘rtinchi protokol» kabi romanlar bor. Hammasi bo‘lib 25 dan ortiq kitob yozgan. Uning asarlari dunyo bo‘ylab 75 million nusxadan ortiq sotilgan.
1997 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Frederik Forsaytni Britaniya imperiyasining II darajali ordeni bilan taqdirladi. Bundan tashqari, u Britaniya kriminalist yozuvchilar uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan mukofot laureati edi.
2015 yilda chop etilgan «Autsayder: mening hayotim intriga sifatida» nomli avtobiografiyasida yozuvchi 20 yildan ortiq Britaniya tashqi razvedka xizmati MI6'ga ishlaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu hamkorlik uchun hech qachon to‘lov olmagan. Mukofot sifatida MI6 Forsaytning qo‘lyozmalarini o‘qib chiqishga va agarda ular oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni topsa, uni ogohlantirishga rozi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi
Sport | 22:13
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

14:10 / 09.06.2025
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi

13:21 / 05.06.2025