Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi
«O‘zatom» agentligi va Fransiyaning Assystem kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etishni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini (dastlabki shartlar) imzoladi.
Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda «O‘zatom» agentligi rahbari Azim Ahmadxo‘jayev va Assystem xalqaro masalalar bo‘yicha bosh vitse-prezidenti Kristian Janno atom energetikasi va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Qo‘shma korxona faoliyati AES qurilishi loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlash, texnik yechimlarni tanlash va ularni yagona konsepsiyaga birlashtirishda ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolik yadro dasturini rivojlantirishga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga qamrab oladi.

Assystem Parijda joylashgan mustaqil muhandislik guruhi. U asosan atom sohasida murakkab loyihalar va sanoat infratuzilmasini loyihalash, qurish, nazorat qilish, ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Ushbu tashkilot turli xil reaktor texnologiyalaridan foydalangan holda deyarli barcha yirik xalqaro yadroviy loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026