Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif bilan Yaponiyaga bordi.
Tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida mehnat migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida Yaponiyaning Tashqi ishlar, Adliya, Yer, infratuzilmalar, transport va turizm, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Immigratsiya xizmati va Xalqaro hamkorlik agentliklari, Xalqaro malakali ishchilar bilan hamkorlik va Texnik stajyorlar dasturi tashkilotlari rahbariyati hamda Kanagava prefekturasi gubernatori bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, mehnat bozorlarini diversifikatsiya qilish va Yaponiyaga o‘zbekistonlik yoshlarni tashkiliy ravishda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Kanagava prefekturasida "O‘zbekistonning inson resurslari sohasidagi salohiyati" mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin yapon ish beruvchi korxonalari va rekruting agentliklari rahbarlari qatnashdi.
Forumda Yaponiyaning yirik ish beruvchi tashkilotlari rahbarlari so‘zga chiqib, O‘zbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida ishlash tajribasi, yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, o‘zbekistonlik ishchilarning mehnat faoliyatini olib borishdagi ijobiy fazilatlarini alohida qayd etib, boshqa ish beruvchilarni ham yurtimizdan mehnat kuchini yanada keng jalb qilishga chorladi.
Tashrif doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, haydovchilik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda O‘zbekistondan mehnat kuchini jalb qilishga qaratilgan bir qator bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026