Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Fransiyaning yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri Natixis bosh ijrochi direktori Muhammad Kallala va Markaziy Osiyo bo‘yicha operatsion rahbari Aleksandr Zaxarchenko bilan uchrashdi.
Foto: Transport vazirligi
Uchrashuvda mamlakat aviatsiya va temiryo‘l tizimini rivojlantirish, xususan, bank moliyaviy resurslarini jalb etgan holda mamlakat transport parkini faol yangilash - yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilish rejalari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida Qanot Sharq, Silk Avia aviakompaniyalari taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori tezlikda harakatlanuvchi va shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Natixis 2006 yilda Natexis Banque Populaire (Banque Populaire Group tarkibidagi) va IXIS banklarining qo‘shilishi natijasida tashkil topgan Fransiyaning yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bank Fransiyaning BPCE bank guruhi tarkibiga kiradi.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari aktivlarni boshqarish, sug‘urtalash, investitsion banking, kreditlash, to‘lov operatsiyalari, lizing, faktoring, savdo moliyalashtirish operatsiyalari, g‘azna operatsiyalari, chakana biznes va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
19:07 / 08.01.2026