Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Hozir bir barrel narxi 60 dollar qilib belgilangan, biroq endi uni 45 dollargacha tushirish taklif qilinmoqda.

Foto: REUTERS/Dado Ruvic
AQSh G7 muzokaralari doirasida Rossiya neftining narx chegarasini tushirishga qarshi chiqmoqda, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.
Yakuniy qaror prezident Donald Trampda qoladi va u hali ham o‘zgartirilishi mumkin, deb ta’kidladi Bloomberg manbalari.
Nashr manbalaridan biriga ko‘ra, Buyuk Britaniya va YeI narx chegarasini AQSh qarorisiz ham pasaytirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, biroq bu qadam G7 a’zolarining barchasi tomonidan bir ovozdan ma’qullangandek samarali bo‘lmaydi.
G7 2022 yil oxirida Rossiya neftiga narx chegarasini joriy etishga kelishib oldi.U bir barrel uchun 60 dollar qilib belgilangan, biroq endi uni bir barrel uchun 45 dollargacha tushirish taklif qilinmoqda. Bu choralar Rossiya budjetiga zarba berish va Ukrainadagi urushni moliyalashtirishni murakkablashtirishni maqsad qilgan.
Yevropa Ittifoqi o‘zining navbatdagi, 18-sanksiya paketiga Rossiya nefti narxining chegarasini pasaytirishni kiritishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

23:17 / 10.07.2025
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

19:01 / 10.07.2025