Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi
Tungi vaqtda 280 metrli «Marina Pinnacle» binosining yuqori qavatlarida boshlangan yong‘in bir necha soat davom etgan. Qutqaruvchilar bino ichidagi 3 ming 820 kishini evakuatsiya qildi. Dubay rasmiylari binoni qurgan kompaniya hamkorligida aholi uchun vaqtinchalik yashash joylarini ajratmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan ko‘p qavatli binoda 13 iyun kuni kechki paytda falokat yuz berdi. «Marina Pinnacle» deb ataluvchi 73 qavatli 280 metrdan ziyodroq binoning yuqori qavatlarida yong‘in boshlanib, bir necha soat davom etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 23:00 dan keyin sodir bo‘lgan va 6 soat davomida yong‘in ustidan nazorat o‘rnatildi.
Qutqaruv kuchlari boshchiligida Dubai Civil Defense taxminan olti soat davomida harakat qilib, yong‘inni ertalab bostirgan. Bino ichidagi 3 ming 820 kishi (764 kvartirada yashovchilar) evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim halok bo‘lmagan; jiddiy jarohatlar qayd etilmagan. Favqulodda xizmatlar aholiga evakuatsiya vaqtida tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatgan.
Dubay Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining ixtisoslashtirilgan guruhlari binoni tozalash, sovitish va xavfni to‘liq bartaraf qilish ishlarini davom ettirmoqda. Rasmiylar ayni vaqtda ham binodan chiqayotgan tutunlar uni sovitish bilan bog‘liqligini va xavfsiz ekanini bildirgan.
Shuningdek, yong‘in paytida Dubai Marina tramvay xizmati to‘xtatildi, keyinchalik yo‘lovchilar xavfsizligi uchun tiklandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Marina Pinnacleʼda ilgari ham yong‘in holatlari bo‘lgan. Xususan, 2015 yil 25 mayda binoning 47-qavatida oshxona yong‘ini chiqib, 48-qavatgacha tarqalgan, ammo tezda o‘chirilgan edi.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, rasmiylar hozirda binoni qurgan kompaniya bilan birga harakat qilib, aholi uchun vaqtinchalik yashash joylarini ajratmoqda.
Yong‘in sababi haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q, lekin baholash va tekshiruv ishlar boshlangan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda
Iqtisodiyot | 16:25
-
🔴 LIVE: Sahnaga qaytgan Xominaiy va Erdo‘g‘anning bayonoti | "Geosiyosat"
Jahon | 16:21
-
Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonlik erkak besh yilga qamaldi
Jamiyat | 16:21
-
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi
Jahon | 16:17
Mavzuga oid

14:47
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21 / 06.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

16:16 / 04.07.2025