OAV: Xominaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Eron oliy rahbari Isroil amaliyoti boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkeriga kirib ketgan. Xominaiy joylashgan inshoot Tehron shimoli-sharqida joylashgan, deya xabar berdi Iran International.

Foto: REUTERS
16 iyun, dushanba kuni Iran International agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy Isroilning Islom Respublikasiga qarshi operatsiyasi boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkeriga kirib olgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Xominaiy panoh topgan obekt Tehronning shimoli-sharqida, Lavizan tumanida joylashgan.
Boshpanada oliy rahbar bilan birga uning oila a’zolari ham bor. Nashrning qayd etishicha, Isroilga qarshi oldingi amaliyotlar chog‘ida – 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham Xominaiy ushbu bunkerda bo‘lgan.
Shu bilan birga, Iran International manbalaridan biriga ko‘ra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylashgan Mashhad aeroportiga Xominaiy o‘zini hech qayerda xavfsiz his qila olmasligini ko‘rsatish uchun zarba bergan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni o‘ldirish rejasiga veto qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. «Eronliklar bitta amerikalikni o‘ldirdimi? Yo‘q. Ular shunday qilmaguncha, siyosiy rahbariyatdan (Eron) hech kimni yo‘q qilish g‘oyasi hatto stolda ham yo‘q», dedi ismi sir qolish sharti bilan jurnalistlarga AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldori.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Amerikaning Fox News kanaliga bu ma’lumotni quyidagicha izohladi: «Hozir hech qachon bo‘lmagan suhbatlar haqida juda ko‘p yolg‘on xabarlar bor va men bunga qo‘shilmoqchi emasman. Aytishim mumkinki, biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilyapmiz va qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilamiz. Menimcha, Qo‘shma Shtatlar AQSh uchun nima yaxshi yoki nima yomon ekanini biladi».
Avvalroq The Wall Street Journal ismini oshkor etmagan isroillik mulozimga tayangan holda Xominaiyga hujum qilish «taqiqlanmagani»ni aytgan edi. WSJ manbasi qo‘shimcha qilishicha, Isroil agar bu Eron yadroviy dasturini yo‘q qilishga yordam bersa, Erondagi har qanday ehtimoliy nishonlarga zarba berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
Mavzuga oid

08:43
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

09:40 / 05.07.2025
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi

09:00 / 05.07.2025
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi

08:44 / 05.07.2025