Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi
O‘zbekistonda hukm surayotgan yoz jaziramasi sharoitida poyezdlarning harakatlanish tezligi cheklanmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma’lum qildi.
Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
22:52 / 30.06.2026
Konditsionersiz uydagi haroratni pasaytirishga yordam beradigan 5 ta samarali usul
22:02 / 29.06.2026