Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV rahbari va uning hamkasblari Eron TIV rahbari bilan uchrashuvni rejalashtiryapti
Nemis diplomatlariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari 20 iyun kuni Jyenevada Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida.
Yoxann Vadeful Foto: Hannes P Albert/dpa/picture alliance
Isroil va Eron o‘rtasidagi jangovar harakatlar avj olgan bir paytda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hamda Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari 20 iyun kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan uchrashmoqchi. Bundan oldin yevropalik diplomatlar Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bilan uchrashuv o‘tkazadi, deya ta’kidlaydi Reuters.
Nemis diplomatlariga ko‘ra, muzokaralardan maqsad Eron tomonini yadro dasturidan faqat «fuqarolik maqsadlarida» foydalanish niyatida ekaniga kafolat berishga ishontirishdir. Dpa manbalariga ko‘ra, bu tashabbus AQSh bilan kelishilgan. Shu kuni mamlakat prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar uchun «hali eshikni yopmaganini» aytdi va «bir kun ichida» «vaziyat markazi»da keyingi harakatlarni muhokama qilishini ma’lum qildi.
Germaniya vaziri avvalroq 16 iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyadagi hamkasblari hamda Kaya Kallas bilan birgalikda Abbos Arag‘chi bilan telefon orqali muloqot qilgani va diplomatik yechim topish bo‘yicha muzokara boshlashni taklif etgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
09:30 / 15.05.2026