Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi
Favqulodda o‘chish oqibatida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatilgan.
Foto: inbusiness.kz
19 iyun kuni Qozog‘istondagi «Ekibastuz» energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kV elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi. Bu O‘zbekistonga ham ta’sir qildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd qilinishicha, favqulodda o‘chish oqibatida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatilgan.
«Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi. Soat 19:30 da 500 kV elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va ta’minot tiklandi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
12:10 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
10:37 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
20:58 / 14.05.2026