Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aeroflot» Moskvadan Samarqandga muntazam parvozlarni tiklaydi
Parvozlar 31 iyuldan, dastlab haftasiga uch marta, oktyabr oyidan haftasiga yetti marta amalga oshiriladi.
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni tiklamoqda, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Parvozlar 31 iyuldan amalga oshiriladi. Dastlab, haftasiga uch marta, oktyabr oyidan haftasiga yetti marta. Chipta sotuvi allaqachon ochiq, joriy jadval aviakompaniya veb-saytida mavjud.
«Samarqand O‘zbekistonning yirik shaharlaridan biri, mamlakatning eng ko‘p tashrif buyuradigan sayyohlik markazi hisoblanadi. Bu yo‘nalish rossiyalik sayohatchilar orasida katta talabga ega bo‘lishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Aviakompaniyaning ta’kidlashicha, Moskva va Samarqand o‘rtasidagi reyslar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
«Aeroflot»ning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya Samarqanddan tashqari O‘zbekiston poytaxti Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026