Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurishni boshladi
Estoniya janubi-sharqida Boltiqbo‘yi mudofaa chizig‘i qurilishi boshlandi. Tanklarga qarshi zovurlar qurilmoqda. Yil oxirigacha kamida 28 ta bunker va 10 ta omborxona qurish rejalashtirilgan.
Estoniya mamlakatning janubi-sharqiy qismida Rossiya bilan chegaradosh hududda tanklarga qarshi zovurlar qurishni boshladi, ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiyasi fonida Latviya va Litva bilan birgalikda yaratilayotgan Boltiqbo‘yi mudofaa chizig‘i deb ataladigan qismga aylanadi. Bu haqda 19 iyun, payshanba kuni Estoniya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Bevosita bilan harbiy tahdid yo‘q, lekin asosiysi - shaylik. Jiddiy mudofaa jiddiy tayyorgarlikdan boshlanadi», — deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
ERR ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda chegara chizig‘ida eni to‘rt metr va chuqurligi uch metrga teng tanklarga qarshi xandaq qazilmoqda. «Tankka qarshi zovur dushmanni to‘xtatib turadi, uning harakatlarini sekinlashtiradi va u xandaqdan o‘tib ketganda, bizning qurollarimiz uchun juda yaxshi nishonga aylanadi», dedi Estoniya mudofaa kuchlari diviziyasi muhandislik bo‘limi qo‘mondoni podpolkovnik Aynar Afanasev.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026