Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi
Rossiya ta’lim vazirligi maktab o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘ini e’lon qildi, u o‘rta maktablarda o‘quv dasturidan ukrain tilini olib tashlashni o‘z ichiga oladi.
Rossiya Ta’lim vazirligi ukrain tilini federal umumiy ta’lim dasturidan (FOOP) chiqarib tashladi. Ushbu qoida 22 iyun, yakshanba kuni «Kommersant» e’tiborini tortgan boshlang‘ich, asosiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlariga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi 200 sahifalik buyruqda keltirilgan.
Nashr ta’kidlaganidek, vazirlik barcha ta’lim darajasidagi milliy respublikalar maktablarida ona tilini o‘qitishga bag‘ishlangan blokdan ukrain tilini chiqarib tashlashni rejalashtirmoqda. Qaror «dunyodagi o‘zgargan geosiyosiy vaziyat» munosabati bilan qabul qilindi, deyiladi hujjat tushuntirish xatida.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilida Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya va Xerson viloyatlaridagina ukrain tili ona tili sifatida o‘qitildi. Bundan tashqari, ota-onalarning bayonotlariga ko‘ra, o‘sha o‘quv yilida Qrim, Donetsk va Luhansk viloyatlarida, shuningdek, Boshqirdiston Respublikasida ukrain tili o‘qitilgan.
Maktab ta’limi dasturidagi yana bir o‘zgarish – umumta’lim maktablarida agrotexnologik sinflar tashkil etish imkoniyati, deb yozadi «Kommersant».
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026