Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi
Ozarboyjon prezidentining ta’kidlashicha, «okkupatsiya davrida» Armaniston aholi yashash punktlarini butunlay vayron qilgan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni «harbiy jinoyatchi davlat» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ urushi davomida Armaniston armiyasi janglar zonasidan ancha uzoqda joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutgan.
«Armaniston Mingechaurni bombardimon qilish, to‘g‘onni yo‘q qilish va Mingechaur elektr stansiyasini ishdan chiqarish bilan tahdid qilgan. Buni ushbu hududga tushgan uzoq masofaga mo‘ljallangan snaryad va raketalar yaqqol tasdiqlaydi. Bu tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi tajovuz edi. Bu — harbiy jinoyat», — dedi Ilhom Aliyev Mingechaurdagi elektrostansiya ochilishida.
Aliyevning ta’kidlashicha, «okkupatsiya davrida» Armaniston Ozarboyjonning aholi yashash punktlarini butunlay vayron qilgan. U, shuningdek, 1992 yilda sodir bo‘lgan Xojali qirg‘inini genotsid deb atadi.
2023 yil sentabrda Ozarboyjon hukumati Qorabog‘da harbiy operatsiya boshlagandi. U tugaganidan so‘ng Qorabog‘ rahbariyati respublika tugatilganini e’lon qildi, Armaniston esa mintaqani Ozarboyjonning bir qismi sifatida rasman tan oldi.
Mavzuga oid
14:14
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026