Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi
Prezident tomonidan «Mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
Hujjatga muvofiq, bundan buyon Toshkent viloyatining (4 va 5-toifadagi) tumanlarida faoliyat yurituvchi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan tashkil etilgan va ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ga ixtisoslashgan korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmiga qarab alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanadi:
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq – 7 yil muddatga.
Bundan buyon «qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish» kabi yo‘nalish to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar tarqatiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxatiga kiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shu jumladan fermer va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilik tarmog‘i uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun har bir gektarga 15 million so‘mgacha miqdorda olti oy muddatda qaytarish shartlari bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshmaydigan stavkada (shundan 2 foiz – bank marjasi) imtiyozli kreditlar ajratiladi.
O‘zgartirishlar quyidagilarga kiritildi:
- 2025 yil 11 apreldagi «To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon;
- 2021 yil 15 dekabrdagi «Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori.
Mavzuga oid
11:20
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
16:47 / 19.06.2026