Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi
U o‘z joniga qasd qilishga moyil ayollarni ijtimoiy tarmoqlarda topib, o‘ldirgan.
Yaponiyada «Tvitter-killer» sifatida tanilgan 34 yoshli Takahiro Siraisi qatl etildi, deb xabar berdi NHK telekanali. 2020 yilda u Tvitter ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘z joniga qasd qilishga moyil ayollarni topib, o‘ldirgan. Siraisi qotillik, talonchilik va jinsiy tajovuzda ayblangan.
Qayd qilinishicha, bu Yaponiyada 2022 yildan beri birinchi marta o‘lim jazosining qo‘llanishi hisoblanadi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Siraisi Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘z joniga qasd qilish fikri bilan o‘rtoqlashgan ayollarni izlab topgan. Keyin ularga o‘z joniga qasd qilishda yordam taklif qilgan yoki o‘zi ham birgalikda u bilan birga o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanini aytgan. Shundan so‘ng u ayollarni uyiga taklif qilib, spirtli ichimlik va uyqu dori ichirib, zo‘rlagan va o‘ldirgan.
Tergovda iddao qilinishicha, 2017 yil avgustidan oktyabrigacha Siraisi 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar ayolni, shuningdek, bedarak yo‘qolgan ayollardan birini qidirayotgan 20 yoshli yigitni bo‘g‘ib o‘ldirgan va tanasini bo‘laklagan.
Sudda Siraisi birinchi qotillikni 4500 dollar qarzini qaytarmaslik uchun qilganini aytdi. Shundan so‘ng u o‘zining shahvoniy istaklarini qondirish uchun ayollarni qidirib topganini, ammo ularning politsiyaga xabar berishidan qo‘rqib, o‘ldirganini tan oldi.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026