Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq sammiti Ukrainaning YeIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma bayonotni qabul qila olmadi
Vengriya Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni nazarda tutuvchi bayonotni blokladi. YeIning qolgan 26 a’zosi kommyunike matnini «qat’iy» qo‘llab-quvvatlagandi.
Yevropa Ittifoqi sammiti Ukrainani YeIga a’zoligiga qabul qilish muzokaralarini boshlashni qo‘llab-quvvatlovchi yakuniy bayonotni qabul qila olmadi. «Suspilne» nashriga ko‘ra, Vengriya ushbu bayonotga qarshi chiqqan.
Yevropa kengashi xabarida aytilishicha, kommyunike matnini YeIga a’zo 27 ta davlatning 26 tasi «qat’iy» qo‘llab-quvvatlagan. «Yevrokengash ushbu mavzu muhokamasiga keyingi uchrashuvda [oktyabrda] qaytadi», — deyiladi press-relizda.
Yakuniy bayonot loyihasida ta’kidlanishicha, Yevropa kengashi Rossiyaning Ukraina hududlarini o‘qqa tutishlarini qoralaydi, Kiyevni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi hamda «Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi».
«Yevropa Kengashi YeI Kengashini [vazirlar darajasida] Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonida keyingi qadamlarni ko‘rishga chorlaydi. Bu jarayon yutuqlarga asoslangan yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lib, barcha shartlar bajarilgandan so‘ng muzokara bo‘limlari ochilishi kerak», — deyiladi bayonot loyihasida. TASSning qayd etishicha, ushbu jumla — Kiyevni YeIga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida Yevroittifoq Kengashiga bevosita ko‘rsatma hisoblanadi.
Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy arizani 2022 yil 28 fevralda — RF qo‘shinlari mamlakatga bostirib kirganidan bir necha kun o‘tib bergandi. 2022 yil iyulda u nomzod davlat maqomini olgan. Nomzod davlatning Yevroittifoqqa qo‘shilishini YeIga a’zo barcha davlatlar qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Vengriya Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarini bloklamoqda. May oyida Budapesht tashabbusi bilan milliy ozchilik bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar bekor qilingan edi.
YeI sammiti oldidan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat aholisi orasida o‘tkazilgan maslahatlashuv referendumining aksariyat ishtirokchilari Ukrainaning YeIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqqanini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026