Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron XAEA bosh direktorini yadro inshootlariga kiritmaydigan bo‘ldi
Bu qaror «Isroil hujjatlarida Eron yadro inshootlariga oid ba’zi muhim ma’lumotlar topilgani» sababli qabul qilindi.
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossini o‘z yadroviy inshootlariga kiritmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, XAEA bunday inshootlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatolmaydi, deb xabar berdi Eronning Mehr axborot agentligi.
Bu qaror «Isroil hujjatlarida Eron yadro inshootlariga oid ba’zi muhim ma’lumotlar topilgani» sababli qabul qilindi, dedi parlament vitse-spikeri Hamid Rizo Hoji Boboiy.
25 iyun kuni Eron parlamenti XAEA bilan hamkorlikni to‘xtatishni ma’qulladi. Bu qadam, xususan, yadroviy inshootlar xavfsizligi va mamlakatning tinch yadroviy faoliyati kafolatlanmasa, XAEA inspektorlari tekshiruv o‘tkazish uchun Eronga kira olmasligini nazarda tutadi.
Eron Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YaQsh) a’zosi hisoblanadi. Bu maqom XAEA inspektorlari mamlakat yadroviy inshootlarida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega ekanini bildiradi. Yaqin vaqtgacha XAEA inspektorlari Eron yadro inshootlari ishini nazorat qilib kelgan. XAEA shuningdek, Isroil zarbalari oqibatida Eron yadroviy inshootlariga yetkazilgan zararni ham baholagan.
Mavzuga oid
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026