Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ChatGPT tufayli endi ish boshlayotgan xodimlarga nisbatan talab tushib ketdi
Hamma joyda sun’iy intellektdan foydalanish kompaniyalarga ish samaradorligini oshirishga, xodimlar sonini esa qisqartirishga xizmat qilmoqda.
ChatGPT chatboti ishga tushirilganidan keyin Britaniyada bitiruvchilar va stajyorlar uchun ish o‘rinlari kamida 31,9 foizga qisqardi, deb yozadi The Guardian.
Qayd etilishicha, talabning qisqarishi haqidagi statistika Adzuna ish qidirish platformasi tomonidan taqdim etilgan. Ta’kidlanishicha, hamma joyda sun’iy intellektdan foydalanish kompaniyalarga ish samaradorligini oshirishga, xodimlar sonini esa qisqartirishga xizmat qilmoqda. Shunday qilib, tajribasiz mutaxassislarga ish topish tobora qiyinlashib boryapti.
Xususan, biznes jarayonlarni optimallashtirish munosabati bilan Buyuk Britaniya va Yevropadagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan British Telecommunications 2023 yilda 40-50 ming xodimini qisqartirish rejasini e’lon qilgan.
Anthropic sun’iy intellektni taqdim etgan kompaniya rahbari Dario Amodei ushbu texnologiya keyingi besh yilda ofisda o‘tirib ishlaydigan tajribasiz xodimlarning yarmini ishsiz qoldirishidan ogohlantirdi.
Sun’iy intellekt insonlar uchun ish o‘rinlarini ko‘proq yaratadimi yoki yo‘q qiladimi, degan masalada bahslar hozirgacha davom etmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasining hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniya kabi rivojlangan iqtisodiyotlarda ish o‘rinlarining 60 foizi sun’iy intellekt ta’siriga duchor bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026