Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Polsha NATO davlatlari orasida mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ sarflamoqda. Ammo ularning aksariyati chet ellik yetkazib beruvchilarga chiqib ketadi. Endi esa mamlakat hukumati milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqchi.
Foto: AP
Polshaning PGZ davlat mudofaa konserni artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarishni besh baravarga — yiliga 180 mingtagacha oshirish niyatida. Bu haqda davlat aktivlari vaziri Yakub Yavorovskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha import qurollariga bo‘lgan qaramlikni qisqartirish va o‘zini Rossiya tahdidlaridan himoya qilish maqsadida gaubitsalar uchun snaryadlar ishlab chiqarishni besh baravarga oshiradi.
«Bizning qisqa muddatli maqsadimiz — bu turdagi qurollarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish va chet ellik yetkazib beruvchilardan mustaqil bo‘lish, milliy avtonomiya uchun barqaror asos yaratish», — deydi Yavorovskiy.
PGZ snaryadlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yaqin kunlarda 663 million dollar oladi. Qo‘shimcha sarmoya kiritilishi 155 va 120 millimetrli snaryadlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
PGZ hozirda yiliga yirik kalibrli snaryadlardan 30 mingta ishlab chiqaradi, ammo uch yil ichida ushbu ko‘rsatkichni 150—180 mingga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Financial Times’ning yozishicha, Polsha NATO davlatlari orasida mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ sarflamoqda: 2025 yilda ushbu mudofaa xarajatlari uchun YaIMning 4,7 foizini yo‘naltiriladi. Ammo mablag‘larning aksariyati chet ellik yetkazib beruvchilarga, asosan AQSh va Janubiy Koreyaga chiqib ketadi. Endi Polsha hukumati milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqchi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Ushbu dastur O‘zbekiston va dunyo o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi, deb umid qilaman" - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 15:48
-
Ukraina rossiyalik harbiy asirni Litvaga topshirdi
Jahon | 15:14
-
Afrikadagi dahshatli qotilliklar, Ukrainaga Tomahawk va kosmosda raqobatga kirishgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston va Xitoy OTM qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
Ta’lim | 14:50
Mavzuga oid
14:49
Polsha bir hafta ichida uchinchi Rossiya samolyotini tutib oldi
11:49
Sog‘liqni saqlashda e-health: Polsha tajribasi O‘zbekistonda sinaladi
18:53 / 31.10.2025
AQSh va Hindiston mudofaa sohasida 10 yillik shartnomani imzoladi
15:08 / 31.10.2025