Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya TIV: AQSh Rossiya bilan AES qurishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni olib tashladi
Vashington Vengriyaning "Paksh" atom elektr stansiyasini kengaytirish bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qildi, dedi tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto. Ushbu loyihada Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi ishtirok etmoqda.
Foto: Attila Kisbenedek/AFP via Getty Images
Amerika Qo‘shma Shtatlari Vengriyaning "Paksh" atom elektr stansiyasini kengaytirish bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda 29 iyun, yakshanba kuni Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan cheklovlar demokrat Jo Bayden boshchiligidagi AQShning avvalgi ma’muriyati tomonidan kiritilgan. Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, bu «siyosiy sabablarga ko‘ra» va «Vengriyani uzoq muddatda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashni imkonsiz qilish» maqsadida qilingan. Biroq, yanvar oyidan boshlab «Vashingtonda Vengriyani do‘st deb biladigan prezident paydo bo‘ldi», dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri. U Donald Tramp va respublikachilar ma’muriyatiga cheklovlarni olib tashlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Rossiya va Fransiyada "Paksh" AES uchun zarur bo‘lgan yirik uskunalarni ishlab chiqarish davom etmoqda. Endi "Paksh"da qurilish ishlari yana davom etishi mumkin», — dedi Siyyarto. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Paksh" AESning kengayishi bilan Vengriya keyingi o‘n yillikning o‘rtalariga qadar zarur bo‘lgan elektr energiyasining katta qismini ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Vazir, shuningdek, vengerlar Yevropadagi eng kam kommunal to‘lovlarni to‘lashiga va’da berdi.
Siyyartoning qo‘shimcha qilishicha, Vengriya rahbariyati «arzon neft va tabiiy gaz sotib olish imkoniyatini saqlab qolish» uchun «Bryusselda navbatdagi jangga» chidashi kerak. 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan YeI sammiti Vengriya va Slovakiyaning qarshiligi tufayli Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini ma’qullay olmadi, bu esa Yevropa Ittifoqidan avvalo ular bilan Rossiya energiya tashuvchilaridan bosh tortish rejasini muhokama etishni talab qildi.
Tavsiya etamiz
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Jahon | 21:18 / 04.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp yadroviy sinovlarni qayta boshlash niyatini tasdiqladi
Jahon | 13:57
-
Namangan, Samarqand, Urgut - aholi soni bo‘yicha birinchi uchlik
O‘zbekiston | 13:30
-
Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida AQShga 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlik bordi
O‘zbekiston | 13:28
-
«Barsa» ochko yo‘qotdi, «Siti»da yirik g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
Sport | 13:17
Mavzuga oid
09:58
OAV: sanksiyalar “Lukoyl”ning xorijdagi biznesini falaj qilib qo‘ydi
15:02 / 03.11.2025
Tehron: Rossiya Eronda yana sakkizta yangi AES quradi
11:30 / 30.10.2025
«Hatto Bayden jazm qilmagan» sanksiyalar: Rossiya neftiga taqiq haqida
15:56 / 29.10.2025