Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim bitiruvchilar Xitoyda amaliyot o‘tishi va ishlashi mumkin bo‘ladi
Xitoy bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, Bosh konsulxona ko‘magida Hainan Reaching Culture Education kompaniyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida turizm sohasiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun Xitoyning turizm markazlaridan biri – Xaynan provinsiyasidagi mehmonxonalarda amaliyot o‘tish va ishga joylashish dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni dasturning barcha jihatlarini, jumladan, uni amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish uchun O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga malaka sertifikatlari berilishi, uning asosida mahalliy mehmondo‘stlik sanoati korxonalarida ishlash uchun tanlov o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar muzokaralarni davom ettirish va yaqin kelajakda hamkorlik bitimini imzolashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026