Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi
Kun.uz Piskentdagi avtopoligonda 28 iyunga navbati olingan avtomobilga 20 may kuni sertifikat berilgani va bu korrupsiyaviy holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. UzTest tomonidan o‘tkazilgan ichki tekshiruvda bu o‘z tasdig‘ini topdi. Elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyasining ikki xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llandi.
Kun.uz «Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?» sarlavhali surishtiruv e’lon qilgandi. Unda 28 iyunga navbati olingan avtomobilga 20 may kuni sertifikat berilgani va bu korrupsiyaviy holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi keltirib o‘tilgandi.
UzTest tomonidan o‘tkazilgan ichki tekshiruvga ko‘ra, mazkur holatda avtotransport vositalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha joriy etilgan elektron navbat tartibining buzilgani aniqlangan.
«Piskent tumanida joylashgan elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyasi mutaxassisi K.J. hamda ish yurituvchi B.S. tomonidan elektron navbat tizimiga zid ravishda avtotransport vositasi navbatsiz sinovdan o‘tkazilgan, shuningdek, sinov uchun olib kelingan namunalar arizachilarga o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilmagan», – deyiladi Kun.uz'ga taqdim etilgan rasmiy munosabatda.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, yuqorida nomlari ko‘rsatilgan xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga loqayd yondashganliklari aniqlanib, ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
«Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Tehnik jihatdan tartibga solish agentligining «Tris.uz» milliy axborot tizimi takomillashtirildi. Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olingan elektron navbat «Tris.uz» milliy axborot tizimiga integratsiya qilindi. Natijada vaqtidan oldin navbatsiz o‘tish imkoniyati cheklandi», deya qo‘shimcha qilingan davlat muassasasi izohida.
Mavzuga oid
15:39 / 09.07.2026
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026