Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sun’iy intellekt yo‘qolgan bolalarni topishda yordam berdi
Yuzni tanish tizimi 99 foizdan ortiq samaradorlikni ko‘rsatdi.
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yo‘qolgan bolalarni sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida qidirish tizimi muvaffaqiyatli joriy etildi.
NtechLab tomonidan ishlab chiqilgan Find Face Multi xizmati olti oilaga yo‘qolgan bolalarni topishda muvaffaqiyatli ko‘mak bergan.
Dastur videokuzatuv kameralaridagi tasvirlarni yo‘qolgan bolaning surati bilan taqqoslab tahlil qiladi. Agar mos kelsa, avtomatik ravishda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qiladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, tanib olish aniqligi 99 foizdan oshadi.
Viloyat raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Anton Loshakov so‘zlariga ko‘ra, qidiruv tizimi faqat ota-ona roziligi bilan faollashtiriladi. Buning uchun 112 xizmati orqali ariza topshirish, so‘ngra bolaning fotosuratini «Bezopasnyy gorod» tizimining xavfsiz sxemasiga yuklash kerak.
NtechLab bosh direktori Aleksey Palamarchukning ta’kidlashicha, tizim ham mustaqil ishlashi, ham mavjud xizmatlarga birlashtirilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Novosibirsk viloyati texnologiya o‘z samaradorligini amalda isbotlagan Rossiyaning birinchi mintaqasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
08:47 / 13.06.2026
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
11:30 / 10.06.2026